Reshford «PSJ» yulduziga aylanishi mumkin

Reshford «PSJ» yulduziga aylanishi mumkin

Fransiyaning «PSJ» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford bilan jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. "Todofichajes" sahifalarida xabar berilganidek, parijliklar angliyalik futbolchini Kilian Mbappega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Reshfordning o‘zi ham «Manchester Yunayted»dagi omadsiz mavsumdan so‘ng yangi klubga o‘tish haqida o‘ylayotgandi. Markus Mbappe bilan xayrlashganidan so‘ng «PSJ» hujumining yangi yulduziga aylanishi mumkin.

26 yoshli ingliz futbolchisi 2016 yildan buyon «qizil iblislar» safida to‘p surmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Reshfordning transfer narxi 60 million yevro.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!