Germaniya bilan neyropedagogika va psixologiya sohasida hamkorlik kengayadi

Germaniya bilan neyropedagogika va psixologiya sohasida hamkorlik kengayadi

Germaniyaning Ebersberg shahri (Bavariya federal shtati) yoshlarini himoya qilish qo‘mitasi federal sudyasi Barbara Lemer va faol vatandoshimiz, "Baxtli oila" loyihasi tashabbuskori Habiba Hamdamova amaliy safar bilan O‘zbekistonda bo‘ldi, "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif ta’lim, bolalarni rivojlantirish va himoya qilish sohalarida professional va do‘stona tajriba hamda g‘oyalar almashish maqsadida tashkil etildi.

Barbara Lemer oilaviy psixoterapevt, bolalar ta’limi psixologi, Germaniyaning bolalar huquqlari bo‘yicha davlat tizimida ko‘p yillik tajribaga ega,. Shuningdek, u Germaniyaning maktabgacha ta’lim muassasalari va integrasiyalashgan mehribonlik uylarini nazorat qilish bo‘yicha yuqori hokimiyat organlarida rahbarlik lavozimida ishlaydi. IFW nazorati bo‘yicha xalqaro malakaga ega.

Tashrif davomida Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi rahbariyati bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar chog‘ida bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha davlat tizimidagi joriy islohotlar, o‘zbek oilalaridagi tizimli munosabatlar va qadriyatlar, nogiron bolalarni erta bosqichlarda tashxislash va reabilitasiya qilishdagi qiyinchiliklar, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishga doir davlat siyosatining xususiyatlari muhokama qilindi.

Germaniya vakillari tashrif davomida Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo‘ljallangan 396-sonli bog‘cha faoliyati bilan tanishdilar. Mutaxassislar yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va O‘zbekistonda mahalliy o‘qituvchilar va psixologlar uchun seminarlar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tashrif davomida 100 dan ortiq o‘qituvchilar, psixologlar, shifokorlar, onalar va pedagoglar ishtirokida "Baxt konsepsiyasi" mavzusida seminar tashkil etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!