Avstraliyada senator Falastinni qo‘llab-quvvatlagani uchun fraksiyadan chiqarib yuborildi

Avstraliyada senator Falastinni qo‘llab-quvvatlagani uchun fraksiyadan chiqarib yuborildi

Avstraliya Mehnat partiyasi senatori Fotima Peyman Senatda Yashillar partiyasining Falastinni davlat sifatida tan olish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlagani uchun partiya fraksiyasidan noma’lum muddatga chiqarib yuborildi.

Senator Peymanning Falastinni davlat sifatida tan olinishini qo‘llab-quvvatlagani Leyboristlar partiyasi ichida bo‘linishlarga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi ABC News Australia.

Partiya Avstraliya Bosh vaziri va Leyboristlar partiyasi rahbari Entoni Albaneze Peymanning guruh yig‘ilishlarida qatnashish huquqini noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yganini e’lon qildi.

Avstraliyada 25 iyun kuni Yashillar partiyasining parlamentda Falastinni davlat sifatida tan olish taklifi ikkinchi marta rad etildi.

Peyman 2022 yilda parlamentga boshini o‘rab kelgan birinchi ayol bo‘ldi. U Falastinni tan olishni qo‘llab-quvvatlagan yagona Leyboristlar partiyasi senatori bo‘lgan va partiya yig‘ilishlarida qatnashishi taqiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!