Nyu-Yorkda 13 yoshli bola polisiyachi tomonidan otib o‘ldirildi

Nyu-Yorkda 13 yoshli bola polisiyachi tomonidan otib o‘ldirildi

Voqeaga bolaning o‘yinchoq qurolini ushlab turgani sabab bo‘lgan va polisiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan, deya xabar beradi shtat rasmiylari.

Birining qo‘lida o‘yinchoq qurol bo‘lgan ikki bola ko‘chada ketayotgan edi. Polisiya xodimi keyinchalik o‘zini oqlaganidek, ular avval Manxetten shimoli-g‘arbidagi do‘konni o‘g‘irlagan qaroqchilarga juda o‘xshash edi.

Utika polisiyasi boshlig‘i Mark Uilyamsning aytishicha, o‘smirlardan biri yugurib ketgan, ikkinchisi go‘yoki polisiyaga to‘pponchaga o‘xshash narsani ko‘rsatgan, shundan so‘ng voqea joyidagi ikki polisiyachidan biri bolaga qarata o‘q uzgan.

Myanmadan kelgan qochqin bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq bolakay shifoxonada vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!