BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Toshkent shahriga kelgach, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi.

BMT Bosh kotibi “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Majmua bilan qisqacha tanishuv asnosida BMT delegasiyasi vakillariga mazkur ansambl mazmuni va me’moriy yechimlari haqida ma’lumot berildi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Bu majmua 2021 yilda, istiqlolimizning o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan edi. Unda mamlakatimizning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kungacha bo‘lgan eng muhim voqealar, buyuk alloma va jahongir bobolarimizning siymolari aks ettirilgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Delegasiya a’zolari majmuada aks ettirilgan allomalar, buyuk sarkarda va jahongirlar, jadid bobolarimizning siymolariga alohida e’tibor qaratdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!