BMT Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi

BMT Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi

Toshkent xalqaro aeroportida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Bu haqida O‘zbekiston milliy axborot agentligi — UzA xabar bermoqda.

1 iyul kuni Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Kun tartibidan O‘zbekistonning BMT va uning institutlari bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari, shuningdek, global siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari o‘rin olgan.

Mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. Tashrif davomida BMT Bosh kotibi qator sanoat va ijtimoiy soha ob’ektlarini ham borib ko‘radi, ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!