Rossiyaga Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish taqiqlandi

Rossiyaga Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish taqiqlandi

Rossiyaga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish taqiqlandi, chunki ularda yuqumli virus borligi aniqlangan. 

"Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati 2020 yilning 26 noyabridan boshlab Rossiya hududiga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampirlarni olib kirishni ta’qiqlaydi. Bunday chora O‘zbekistonning ushbu hududidan olib kelingan pomidor va qalampirlarda jigarrang burushiqlik virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV))aniqlanishi munosabati bilan amalga oshirilgan", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Rosselxoznadzor ushbu zararkunandaning Rossiya Federasiyasi hududida tarqalishini oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampirlarni olib kirishga cheklov o‘rnatdi. 

Pomidorlar jigarrang burushiqlik virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV)) - YEOII komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Karantin ob’ektlar Yagona ro‘yxatiga kiritilgan. Rosselxoznadzor 2020 yilning 27 iyulidan boshlab ushbu viruslarning mahsulot urug‘lari va ko‘chatlari tarkibida bo‘lishiga ham ta’qiq kiritgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!