Rossiyada 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi cho‘kib ketdi

Rossiyada 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi cho‘kib ketdi

29 iyun kuni kechqurun Chunskiy tumani Oktyabrskiy qishlog‘idagi Chuna daryosida ikki nafar hamyurtimiz cho‘kib ketdi. Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, 20 va 21 yoshli yoshlar qirg‘oqda vatandoshlari davrasida dam olgan va keyin cho‘milishga ketgan. Biri cho‘kib keta boshlaganida, ikkinchisi uni qutqarishga urinib ko‘rgan, ammo u ham suv ostida qolgan.

Ayni damda o‘lganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda va ko‘ngillilar jalb qilingan. Yigitlar cho‘kib ketgan joyda daryoning chuqurligi 5,7 metrni tashkil etadi va suzish taqiqlangan — qirg‘oqda tegishli belgi o‘rnatilgan. O‘zbekiston fuqarolari viloyatdagi korxonalardan birida qonuniy ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!