Rossiya hukumati ukrainaliklardan olib qo‘yilgan kvartira va uylarni arzon narxlarda sotuvga qo‘ymoqda

Rossiya hukumati ukrainaliklardan olib qo‘yilgan kvartira va uylarni arzon narxlarda sotuvga qo‘ymoqda

Rossiya hukumati muhojirlarga ukrainaliklarning kvartiralarini tarqatmoqda.

Rossiya hukumati bosib olingan Lugansk viloyatidan qochgan ukrainaliklarning kvartiralarini harbiy xizmatchilar va Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga tarqatmoqda, deya xabar beradi SCMP Axborot qarshilik ko‘rsatish markazi bayonotiga tayanib.

Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlar, jumladan, bosib olingan shaharlardagi rekonstruksiya ishlarida qatnashmoqda.

Rossiya rasmiylari ham olib qo‘yilgan kvartira va uylarni arzon narxlarda sotuvga qo‘ymoqda. Uy-joy harbiylarga, uysizlarga va boshqalarga beriladi.

Shu bilan birga, Rossiya ishg‘ol hokimiyati Ukraina mulk hujjatlarini tan olishdan bosh tortadi va uy-joyga egalik huquqini rasmiylashtirish uchun birinchi navbatda Rossiya fuqaroligini olishni talab qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!