Rossiya bir oy muddatga BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qildi

Rossiya bir oy muddatga BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qildi

BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik bir oy muddatga Rossiyaga o‘tdi, deb xabar bermoqda Rossiya matbuoti.

Rossiya oxirgi marta BMT Xavfsizlik kengashi ishini 2023 yil aprelida muvofiqlashtirgan edi.

1 iyul, dushanba kuni Rossiya Federasiyasi boshchiligidagi Xavfsizlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Xavfsizlik Kengashining kelgusi oy uchun ish dasturi tasdiqlanadi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya matbuot anjumani o‘tkazadi, so‘ngra BMT Bosh Assambleyasiga a’zo davlatlar uchun yopiq brifing o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!