Ronaldu haqida: Buyuklik shunaqa bo‘ladi

Ronaldu haqida: Buyuklik shunaqa bo‘ladi

Krishtianu Ronaldu va Portugaliya haqida rus blogeri Kirill Xaitning yozganlarini ilindim:

«Buyuklik haqida ikki og‘iz. Penalti urilmagan vaziyatda Krishtianu jamoadoshlarining reaksiyasini qayta ko‘ring. Overtaymlar orasidagi tanaffusda ular murabbiy ko‘rsatmalaridan ko‘ra, Ronalduni yupatish bilan shug‘ullanishdi. Go‘yoki ular chorak finalga chiqa olmay qolishdan ko‘ra, Ronaldu uchun qayg‘urayotgandek.

Portugaliyada ajoyib tarkib bor. Brunu zo‘r futbolchi, Jota, Bernardu va Ruben Diash - ajoyib, ammo ular uchun «Krishtianu jamoaga zarar keltiryaptimi?» yoki «usiz biz boshqacha o‘ynashimiz mumkin, balki urinib ko‘rish kerakdir?» degan savollar yo‘q.

Bu savollar asosli. Ammo bu masala faqat tashqarida, terma jamoadan uzoqda mavjud xolos. Ichkarida esa, ajoyib futbolchilar Krishtianuga noqulay nuqtalardan ham jarima tepishga imkon berishadi, u uchun krosslar bilan o‘ynashadi, u uchun penalti ishlab berishadi. Axir ularni bunday qilishga hech kim majburlamagan, aksincha, ularning o‘zi Krishtianu uchun o‘ynashdan xursand. Unga pand berishni istashmaydi. Birgalikda yupatishadi. Jasorat ko‘rsatish uchun ham tayyor.

Ronalduga qaratilgan barcha tanqidlarda jon bor. U Portugaliya o‘yinini g‘ariblashtiradi. Ammo jamoaning o‘zi ham bundan boshqasini xohlamasa... Buyuklik shunaqa bo‘ladi»


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!