Rasman: «Real Madrid» navbatdagi transferini e’lon qildi

Rasman: «Real Madrid» navbatdagi transferini e’lon qildi

«Lion» himoyachisi Ferlan Mendi «Real» a’zosiga aylandi. Bu haqda «Qirollik klubi» rasmiy saytida xabar berildi.

Unga ko‘ra, Ferlan «Real» safida 2025 yil 30 iyuniga qadar to‘p suradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» Mendi uchun «Lion»ga 48 million yevro to‘laydi. Shuningdek, «Lion» uning Madriddagi natijalariga qarab yana 5 million yevroga ega bo‘lishi mumkin.

23 yoshli futbolchi chap qanot himoyasida harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, Mendi 2018/19 yilgi mavsum «Lion» safida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!