Ramazonning oxirgi jumasida o‘qiladigan maxsus namoz – sahihmi yoki to‘qima?

Ramazonning oxirgi jumasida o‘qiladigan maxsus namoz – sahihmi yoki to‘qima?

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ramazonning oxirgi jumasida o‘qiladigan maxsus namoz" haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda. Aslida, bu borada Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan naql qilib keltirilgan rivoyat to‘qima bo‘lib, uni tarqatish, rivoyat qilish yoki unga amal qilish mutlaqo joiz emas. Faqatgina uni to‘qima ekanidan ogohlantirish maqsadida naql qilish mumkin. 

Ushbu asossiz rivoyat haqida kelib tushgan savollarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati tomonidan o‘tgan yili Ramazon oyida batafsil javob berilgan edi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga nisbatan hadis to‘qish yoki yolg‘on rivoyatligini bilib turib, uni tarqatish gunohi kabira sanaladi. Turli asossiz ma’lumotlarni tarqatishdan saqlanaylik!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay’ati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!