Qozog‘istonda YTHda vafot etgan o‘zbekistonliklar vataniga olib kelindi

Qozog‘istonda YTHda vafot etgan o‘zbekistonliklar vataniga olib kelindi

Qozog‘istonda 20 aprel sodir bo‘lgan YTHda vafot etgan uch nafar O‘zbekiston fuqarolari vataniga olib kelindi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

2019-yil 20-aprel kuni Jambil viloyatida ro‘y bergan YTH natijasida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari U.Abduxalikov, A.Kalmuratov, D.Ermekbayeva jasadlari qarindoshlari tomonidan shaxsi aniqlashtirilib, Bosh konsulxona xodimlari tomonidan rasmiylashtirilganidan so‘ng, qarindoshlari hamrohligida 2019-yil 22-aprel kuni Jibek Joli G‘isht Ko‘prik nazorat-o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga yetkazildi , - deyilgan xabarda.

Ushbu YTHda jarohat olgan 13 nafar O‘zbekiston fuqarolari FVV maxsus samolyoti bilan kecha, 21 aprel kuni O‘zbekistonga olib kelingan va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu mudhish YTH oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillaridan tuzilgan komissiya tuzish va tezkor choralar ko‘rishni topshirgan edi.

Shanba 20 aprel kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatida Chimkent Olma-Ota yo‘lida ichida 49 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 11 kishi qurbon bo‘lgan, 29 kishi jarohatlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!