Putin va Lukashenko gaz narxi masalasida bahslashdi

Putin va Lukashenko gaz narxi masalasida bahslashdi

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin unga javoban «ochiq va xolis» bahslashishni taklif qildi.

«Ittifoqchilik munosabatlarida energiya resurslari yetkazib beruvchilari va iste’molchilarining manfaatlari yo‘q. Yaxlit tizim bor — Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi», — dedi Lukashenko Yevroosiyo oliy iqtisodiy kengashi majlisida.

Belarus yetakchisining so‘zlariga qaraganda, Yamalo-Nenesk avtonom okrugidan Belarusga gaz transportirovkasi yuz kilometrga ming kubometr uchun uch dollarni tashkil etadi, Rossiyaning ichki tarifi esa uch baravar arzon — bir dollar atrofida.

«Oddiy savol — bunday vaziyatda qanday raqobatlashish mumkin?» — dedi Lukashenko.

Bunga javoban Rossiya prezidenti belaruslik hamkasbiga matbuotsiz bahslashishni taklif qildi.

«Bizda bu doim ochiq rejimda amalga oshiriladi, ochiqchasiga va xolisona», — dedi u.

Putin joriy yilda Belarus uchun gaz narxi ming kub uchun 129 dollarni, 2019 yilda esa 127 dollarni tashkil etishi, bir vaqtning o‘zida Germaniya 250 dollar to‘lashiga e’tibor qaratdi.

U Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida reja ishlab chiqilganligi, unga ko‘ra, 2025 yilga kelib gaz, neft va neft mahsulotlarining yagona bozori tashkil etilishi lozimligini eslatib o‘tdi.

«Bugungi vaziyatga kelsak, bunda tarif muhim emas, gazning yakuniy narxi muhim. Bu masalada siz haqsiz, bu haqda o‘ylab ko‘rish lozim», — deya xulosa qildi Putin.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!