Plastik karta o‘g‘risiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Plastik karta o‘g‘risiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida yashovchi D.S. bankomatdan pul olmoqchi bo‘lganida unga bir kishi yordamlashib yubordi.

Ammo mazkur jarayonda o‘sha kimsa uning plastik kartasini boshqasiga almashtirib qo‘yibdi. Tabiiyki, jabrlanuvchi ichki ishlar organlari xodimlariga murojaat qildi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu qonunbuzarlikni Zarbdor tumanining Yangiobod mahallasida yashovchi I.X. sodir etgani aniqlangan.

U mazkur kartadan 231 ming so‘m olishga muvaffaq bo‘lgan.

Holat yuzasida tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!