Piyodani urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan haydovchi topildi

 Piyodani urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan haydovchi topildi

⚡️2022 yil 5 dekabr kuni soat 20:00 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, "Nasaf" ko‘chasida "Cobalt" rusumli avtomobil haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

🚑Natijada piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

🚘Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida "Cobalt" avtomobili hamda haydovchisi topildi.

📗Mazkur YTH yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!