Pasport o‘rniga smartfon: Apple yangi patentga ariza berdi

Pasport o‘rniga smartfon: Apple yangi patentga ariza berdi

AQShda Apple kompaniyasining yangi patent arizasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. IT-giganti iPhone orqali shaxs identifikasiyasi texnologiyasini yaratishni rejalashtirmoqda. Taxminlarga ko‘ra, mazkur innovasiya muayyan vaqtdan so‘ng pasport o‘rniga smartfondan foydalanish imkonini beradi. 

Qurilma egasining identifikasion ma’lumotlari maxsus yopiq "ombor"da saqlanadi. Uning nosanksion kirishdan himoyasi barmoq izi va yuzdan taniy oluvchi biometrik verifikasiya texnologiyalari orqali ta’minlanadi. 

"Elektron pasport" vakolatli organ so‘rovnomasiga ko‘ra "ombor"dan olinib, radiochastotali identifikasiya texnologiyasi (masalan, NFC) yordamida qabul qiluvchiga uzatiladi. 

Apple Insider ma’lumotlariga ko‘ra, patentlangan konsepsiya eng keng ko‘lamda qo‘llanishi mumkin. Masalan, xususiy kompaniyalar - xodimlar uchun o‘tish tizimlarida, davlat esa - aeroport yoki bojxonadagi pasport nazoratida.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!