Oxirgi 11 oyda qancha sudya jarimaga tortilib, yana qanchasi ishdan bo‘shatilgani ma’lum bo‘ldi

Oxirgi 11 oyda qancha sudya jarimaga tortilib, yana qanchasi ishdan bo‘shatilgani ma’lum bo‘ldi

30 noyabr kuni Oliy sudda “Odil sudlovni ta’minlash – O‘zbekistonni korrupsiyadan xoli hududga aylantirishning muhim omili” mavzuida o‘tkazilgan konferensiya davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari ayrim sudyalar tomonidan Sudyalarning odob-axloq kodeksi talablarini buzganlik va g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari sodir etganliklari holatlarini qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bayonotida ma’lum qilindi.

Faqat holatlar aytilib, ko‘rilgan choralar haqida gapirilmaganligi sababli, bu masala tushunmovchiliklar keltirib, qator ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.  

Shu o‘rinda joriy yilning 11 oyi mobaynida haqiqatdan ham o‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 27 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilganligi, shuningdek 8 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi ma’lum qilinadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!