Olimpiya o‘yinlari chog‘ida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Olimpiya o‘yinlari chog‘ida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Fransiyada 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida terakt tayyorlashda gumon qilingan 16 yoshli o‘smir qo‘lga olindi.

BFMTV telekanali xabariga ko‘ra, Parij aksilterror prokuraturasi 23-aprel kuni tergovni boshlagan.

Bungacha yigit ijtimoiy tarmoqlarda miltiq va portlovchi kamar yordamida terakt uyushtirib, “shahid bo‘lib o‘lish” rejalari haqida postlar chop etgan edi.

Gumonlanuvchi Fransiya fuqarosi hisoblanadi. U Oliy Savoya departamentida hibsga olingan va tintuvlar chog‘ida undan turli qo‘lyozma materiallar, jumladan ISHIDga sodiqlik qasamyodi topilgan.

Tergovga yaqin manbaga ko‘ra, o‘smir polisiyaga Olimpiya o‘yinlari vaqtida La Defence'da (Parij chekkasi) terakt uyushtirishni rejalashtirayotganini aytgan.

O‘yinlar 26 iyuldan 11 avgustga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!