Notariusga bormasdan amalga oshiriladigan notarial ishlar soni ortdi

Notariusga bormasdan amalga oshiriladigan notarial ishlar soni ortdi

O‘zbekistonda notariusga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakatlar soni yana ortdi. Bu haqida Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi (https://t.me/SevaraJournalist/13292).

Endilikda fuqarolar quyidagi notarial xizmatlarni bajarish uchun notariusga borishi shart emas:

1. Er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan ko‘chmas mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzishi uchun xotin yoki erning rozilik arizasi.

2. Avtomobil va mototransport vositalarini tasarruf etish (sotish, hadya qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish va boshqa turdagi tasarruf qilish) uchun ishonchnoma.

3. Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlash.

Bu xizmatlarni endi videokonferens aloqa orqali onlayn tarzda amalga oshirish mumkin. Bu esa fuqarolarga vaqt va mablag‘ tejash imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!