Isroil Falastin hududining eng katta qismini egallab oldi

Isroil Falastin hududining eng katta qismini egallab oldi

Isroil hukumati G‘arbiy Sohildagi 1270 gektar yerni davlat yerlari deb e’lon qildi. Bu 25 iyunda imzolangan va 3 iyulda e’lon qilingan deklarasiyadan ma’lum bo‘ldi.

“Shalom Axshav” inson huquqlari tashkiloti hujjatga e’tibor qaratdi. Bu so‘nggi 30 yil ichida Isroil tomonidan bir vaqtning o‘zida e’lon qilingan eng katta Falastin hududi, deydi huquq himoyachilari.

Hududning salmoqli qismi 1270 gektardan iborat bo‘lib, ilgari xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘riqxona va harbiy maqsadlarda foydalanish uchun yong‘in zonasi sifatida belgilangan.

Isroil o‘ziniki deb e’lon qilgan yerlar endi falastinliklarning shaxsiy mulki hisoblanmaydi va ular undan foydalanish imkoniyatidan mahrum. Isroil bu yerlarni faqat yahudiylarga ijaraga beradi.

2024 yil boshidan buyon Isroil G‘arbiy Sohildagi 23,7 ming gektar yerni davlat yerlari sifatida tan olgan. Huquq himoyachilari buni “davlat yerlarini e’lon qilish miqyosidagi eng cho‘qqiga chiqqan yil” deb atadi.

G‘arbiy Sohilning katta qismi Falastin ma’muriyati nazorati ostida. Bundan tashqari, 1967 yilgi Olti kunlik urush natijalariga ko‘ra, hudud aslida Isroil harbiylari nazorati ostida qolmoqda. O‘shandan beri G‘arbiy Sohilda yahudiy aholi punktlari paydo bo‘la boshladi. Isroilning B’Selem inson huquqlari tashkiloti 2002 yilda arablarning yahudiy aholi punktlariga erkin kirishi taqiqlanganini ta’kidlagan. Yahudiy hukuamti bu cheklovlarni xavfsizlik nuqtai nazaridan deb da’vo qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!