Nigeriyada o‘quvchilar o‘g‘irlanayotgani sababli maktablar yopilyapti

Nigeriyada o‘quvchilar o‘g‘irlanayotgani sababli maktablar yopilyapti

Nigeriyaning shimoli-g‘arbidagi Kebbi shtatida kamida yettita maktab yopilgan, bunga esa oxirgi vaqtda ta’lim muassasalariga qurolli hujumlar soni ortgani sabab bo‘lgan.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, yaqinda Kebbi shtatidagi kollejlardan biriga uyushtirilgan hujumda o‘ttiz nafar talaba va uch o‘qituvchi olib qochilgan. Harbiylar besh talaba va ikki o‘qituvchini qutqarishning uddasidan chiqqan. May oyi oxirida esa Niger shtatidagi bir maktabdan 200 nafarga yaqin o‘quvchi o‘g‘irlangan edi.

Nigeriya o‘qituvchilar ittifoqi rahbari Alhoji Isax Arzikining aytishicha, hukumat xavfsizligi ta’minlanmagan ta’lim dargohlari borasida mustaqil qaror qabul qilish, xususan, ularni yopishga ruxsat bergan. U Kebbi shtatida yopilgan maktablar jangarilar eng ko‘p hujum qiladigan hududlarda joylashganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!