Namanganda ziyofat bahonasida bojxona xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

Namanganda ziyofat bahonasida bojxona xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 3 oktyabr kuni fuqaro A.N. 6 tonna rangli metallarni noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullanganligi sababli uning noqonuniy harakatlari bojxonachilar tomonidan fosh etiladi.

Bunday vaziyatda A.N.ni og‘ir vaziyat qutqarib qolish, unga nisbatan to‘plangan hujjatlarni moddiy manfaat evaziga ijobiy hal qilib berish maqsadida T.I. ismli shaxs bojxona xodimiga pora taklif qilgan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

U o‘zining qing‘ir rejasini amalga oshirish maqsadida bojxonachini Namangan shahridagi “Zohidabonu” oshxonasiga taklif etadi.

T.I. ziyofat bahonasida bojxona xodimiga 500 AQSh dollari miqdorida pora berayotgan chog‘da bojxona organlarining mas’ul xodimlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!