Misr-Evropa Ittifoqi konferensiyasida 67,7 milliard yevrolik kelishuvlar imzolandi

Misr-Evropa Ittifoqi konferensiyasida 67,7 milliard yevrolik kelishuvlar imzolandi

Qohirada bo‘lib o‘tgan konferensiya natijasida Misr va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida umumiy qiymati 67,7 milliard yevro bo‘lgan 35 ta bitim imzolandi. Bu haqda Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli ma’lum qildi.

O‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tgan konferensiyada Misr prezidenti Abdel Fattoh as-Sisi, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Misr Bosh vaziri Mustafo Madbuli ishtirok etdi.

Evropa Ittifoqining Qohiradagi delegasiyasining bayonotida aytilishicha, konferensiya «Misr va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida 2024 yil mart oyida siyosiy va iqtisodiy sohalarda kelishilgan strategik va keng qamrovli hamkorlikning birinchi muhim natijalaridan biri»dir.

Misr prezidenti konferensiyada so‘zlagan nutqida uning mamlakati bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar hamkorlikning turli yo‘nalishlarida rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

As-Sisi o‘tgan yilning mart oyida siyosiy deklarasiya imzolanganini, undan maqsad ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlarni strategik va keng qamrovli sheriklik darajasiga ko‘tarish ekanini eslatdi.

Konferensiyaning yakuniy yig‘ilishida so‘zga chiqqan Bosh vazir Madbuli, YEI bilan qo‘shma hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili konferensiya o‘tkazish istagida ekanliklarini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, konferensiyada «yashil vodorod, elektr transport vositalari, infratuzilma, barqaror transport, aloqa va axborot texnologiyalari» kabi sohalarda umumiy qiymati 67,7 milliard yevro bo‘lgan 35 ta bitim imzolangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!