Mirziyoyevning Belarusga birinchi rasmiy tashrifi

Mirziyoyevning Belarusga birinchi rasmiy tashrifi

Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti Minskka uchadi. Mirziyoyev yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazadi va hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan amalga oshirilgan ishlar natijasini tahlil qiladi

Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga birinchi rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Minskdagi O‘zbekiston elchisi Nosirjon Yusupovga tayangan holda.

Safar 31 iyul kuni boshlanadi va 1 avgustga qadar davom etadi. Bu O‘zbekiston rahbarining Minskka birinchi rasmiy tashrifidir.

Xabarda ta’kidlanishicha, Minskda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarning ayrim yakunlari tahlil qilinadi va yangi ustuvor loyihalar belgilab olinadi.

Sal oldin Lukashenko Mirziyoyevni unga qulay vaqtda kutayotgani va "do‘st hamda birodar" sifatida qarshi olishga tayyorlini aytgan edi.

Minskda 29-30 iyul kunlari Belarus va O‘zbekiston regionlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tadi, unda ikki mamlakat regionlari, vazirlik va idoralari, parlamentlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etadilar.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!