Meva-sabzavotlarning xorijga eksporti ichki bozorlardagi narxlarga ta’sir ko‘rsatadimi?

Meva-sabzavotlarning xorijga eksporti ichki bozorlardagi narxlarga ta’sir ko‘rsatadimi?

Meva-sabzavotlarning xorijga eksport qilinishi ichki bozorlardagi narxlarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda «O‘zbekoziqovqatxolding» boshqaruvi raisi Tohir Jalilov ma’lum qildi, deya xabar beradi «Podrobno.uz».

Xorijga juda ko‘p meva-sabzavotlar olib chiqilayotgani uchun mahalliy bozorlarda narxlar oshib ketgani haqidagi gaplarni tez-tez eshitaman. Albatta, bunday emas. Shunchaki hisoblab ko‘ring: biz 25 million tonna mahsulot yetishtiramiz, chetga esa atigi 1 million tonnadan ortiqrog‘ini sotamiz. Agar 15 million tonna mahsulot eksport qilsak, unda bu narxlarga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi. Hozir esa bu gaplarning bari mish-mish, xolos", — dedi u.

U, shuningdek, kompaniya u yoki bu mahsulotga narx belgilashi haqidagi ovozalarga ham munosabatini bildirib o‘tdi.

«Narxlarni men o‘zim xohlaganimdek belgilamayman. Ekspertlar dastlab mahsulotning marjinalligi, tannarxi, kelgusi investisiyalar zaruriyatini hisoblab chiqadi. Eksportyorlar albatta narxlar arzon bo‘lishi, bu yerdan tiyinga olib, chetga so‘mga sotishni istaydi», — dedi Jalilov.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!