Mavritaniyada prezidentlik saylovlaridan keyin norozilik namoyishlari boshlandi

Mavritaniyada prezidentlik saylovlaridan keyin norozilik namoyishlari boshlandi

Prezidentlik saylovlaridan keyin Mavritaniya poytaxti Nuakshottda, jumladan Nuadhibuda va mamlakat janubidagi bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari o‘tkazildi.

Bu haqda Mavritaniyaning «Al Axbar» agentligi ma’lum qildi, deb yozadi «Report» .

Mavritaniyada prezidentlik saylovlari 29 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda saylovchilarning 55,3 foizi ishtirok etgan. Mavritaniyaning amaldagi prezidenti Muhammad Uld Shayx Al-G‘azuani saylovlarda 56,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi va ikkinchi muddatga qayta saylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!