Madaniyat vazirligi Internetda tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

Madaniyat vazirligi Internetda tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

"Bugun, Podrobno.uz internet nashrida, O‘zbek davlat sirkida saqlanayotgan yirtqich hayvonlarni saqlash va parvarishlash to‘g‘risida tanqidiy xabar e’lon qilindi.

Hozirgi kunda O‘zbek davlat sirki davlat muassasasi balansida 
2 bosh yo‘lbars va 4 bosh sher mavjud. Yirtqich hayvonlar bilan ishlash (gastrol safarlarida) faoliyatida, ularni tashish (transportirovka) ishlari avtofurgonlarning temir panjarali maxsus qafaslarda amalga oshiriladi. Temir qafasning o‘rtacha o‘lchami (jahon standarti bo‘yicha) balandligi 
1.5 metr, uzunligi 2 metr, eni 1.5 metr. Yirtqich hayvonlarni shunday qafaslarda saqlanishi, bevosita sirk tomoshalarining ish faoliyatiga bog‘liqdir.

Dunyodagi sirk arenasida ishlaydigan yirtqich hayvonlarning ko‘pchiligi shunday hajmdagi qafaslarga o‘rgatiladi. Boisi, mazkur standartdagi temir panjara ichida o‘zini erkin his qilishi ko‘zda tutilgan.

Hayvonlarga oziq-ovqat ta’minoti hamda parvarishlar ishlari, muassasadagi veterinar vrachi SH.Sodiqjonov va zootexnik N.Raximulina nazorati ostida Respublika Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan rasion bo‘yicha amalga oshirilib kelinadi.

Bugun, Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish bosh boshqarmasi mas’ul xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh muassasada parvarishlanadigan hayvonlarning saqlanish holati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur boshqarma xodimlari har oyda 2-3 marotaba O‘zbek davlat sirkiga tashrif buyurib, har bir hayvonning saqlanish holati hamda oziq-ovqat ta’minoti bilan bevosita tanishib borishadi. Bugun ham ishchi guruh o‘z tekshiruvlaridan so‘ng muassasa faoliyatiga ijobiy xulosa berib o‘tdi.

Yuqorida internet nashri e’lon qilgan video tasvirlar aynan Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan hisobot uchun suratga olingan videolavhadan parchaligi surishtiruv ishlaridan so‘ng ma’lum bo‘ldi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!