«Lukoyl» O‘zbekistondagi loyihalarga 2 mlrd dollarlik sarmoya kiritadi

«Lukoyl» O‘zbekistondagi loyihalarga 2 mlrd dollarlik sarmoya kiritadi

Rossiyaning Lukoyl kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalarga 2 mlrd dollarlik sarmoya kiritmoqda. Mablag‘lar Janubiy Hisor va Qandim guruhi konlariga yo‘naltiriladi.

Rossiyaning Lukoyl kompaniyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarga 2 mlrd dollar sarmoya kiritib, yangi bloklarda razvedka ishlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Gazeta.uz muxbiri.

Payshanba, 25 aprel kuni Lukoyl Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta ishlash majmuasi bazasida kompaniya direktorlar kengashining ko‘chma yig‘ilishini o‘tkazdi.

Kompaniya prezidenti Vagit Alekperevning yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘lar Janubiy Hisor va Qandim guruhi konlarida gaz qazib olishning pasayishini kamaytirishga yo‘naltiriladi.

Vagit Alekperov Lukoyl yangi investisiyalarni kiritish va respublika hududida geologik razvedka ishlarini olib borishni maqsad qilganini qayd etib o‘tdi. Ishonamanki, bularning barchasi jadal rivojlanadi , dedi u.

O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekiston Lukoyl ning gaz-kimyo hamda respublikaning istiqbolli maydonchalarida uglevodorod xom ashyosi razvedkasi sohasidagi yangi loyihalariga umid bildirayotganini ma’lum qildi.

Umid qilamizki, yaqin istiqbolda hamkorligimizni kengaytiramiz. Jumladan, geologik razvedka sohasida , dedi u. Vazir Lukoyl ga Navoiy viloyatidagi uchta neft-gaz bloki bo‘yicha materiallar taqdim etilganini ma’lum qildi. U mamlakat iqtisodiyotiga eng ko‘p sarmoya kiritgan chet el investori sifatida Lukoyl kompaniyasi respublika uchun asosiy strategik sherik hisoblanishini ham ta’kidlab o‘tdi.

2018 yil oktyabrida Vagit Alekperov Lukoyl va O‘zbekneftgaz O‘zbekiston shimolida razvedka-burg‘ulash ishlari istiqbollarini o‘rganishini ma’lum qilgan edi. Mart oyida O‘zbekneftgaz kompaniyasining ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Nodir Muhitdirov Lukoyl 2020 yil boshida O‘zbekistondagi yangi uchta maydonchada razvedka ishlarini boshlashi mumkinligini xabar qildi.

Lukoyl O‘zbekistonda 15 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Uning mamlakatdagi loyihalarga kiritgan jami sarmoyasi miqdori 8 mlrd dollarga yaqinroqni tashkil etadi. Kompaniya mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi kelishuv asosida Qandim-Xovuzak-Shodi va Hisor loyihalarida ishtirok etmoqda. Lukoyl boshqaruvi ostida O‘zbekistonda qazib olingan tabiiy gaz miqdori esa 60 mlrd kub metrga yetdi.

Manba: gazeta. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!