Livan xalqaro hamjamiyatni Isroilning urush tahdidiga qarshi Bayrut bilan birdamlik ko‘rsatishga chaqirdi

Livan xalqaro hamjamiyatni Isroilning urush tahdidiga qarshi Bayrut bilan birdamlik ko‘rsatishga chaqirdi

Livan tashqi ishlar vaziri Abdulloh Bou Habib mamlakatlarni Isroilning urush tahdidiga qarshi Livan bilan birdamlik ko‘rsatishga chaqirdi. Bu haqda Livandagi hukumat manbalariga tayanib, Anadolu nashri xabar berdi.

So‘nggi haftalarda ko‘plab xorijiy mamlakatlar rahbariyatlari Livanda bo‘lib turgan fuqarolariga mamlakatni tezda tark etishni tavsiya qilgan edi. Livan tashqi ishlar vaziri esa ushbu holatga munosabat bildirib, qiyin vaziyatda Livanni tark etish, uni yakkalab qo‘yish emas, balki unga yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidlagan.

Abdulloh Habib mamlakatlarni “fuqarolar va Livanga tashrif buyuruvchilarni tashvishga soladigan” bayonotlarni Livan bilan birdamlik bayonotlariga almashtirishga chaqirgan. Xalqaro bosim kuchayishi Isroil uchun Livan operasiyasini u boshlanishidan oldin yakunlashi mumkinligi aytilgan.

Isroil va Livan o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda, Germaniya, Kanada, Shimoliy Makedoniya, Niderlandiya, AQSh va boshqa bir qancha davlatlar o‘z fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirgan. Yana besh mamlakat Yaqin Sharqqa ,xususan, Livanga bormaslikni tavsiya qilgan.

So‘nggi haftalarda Isroil armiyasi va Livan qarshilik guruhi “Hizbulloh” o‘rtasida keskinlik kuchayib ketdi. Tel-Aviv Livanga qarshi “keng miqyosli hujum” uchun operasion rejalarni ma’qullashi ortidan potensial urush xavfi oshdi. Ushbu holat esa G‘arbda xavotirlarni kuchaytirdi.

Isroil va Livan “Hizbulloh”i o‘rtasida o‘tgan yilning 8-oktyabridan beri keskinlik davom etmoqda. Tomonlarning transchegaraviy hujumlar va provokasiyalari hali to‘xtagani yo‘q. “Hizbulloh” 37 700 dan ortiq falastinlikni o‘ldirgan Isroil o‘z qilmishi uchun javob bermaguncha harakatlar to‘xtamasligini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!