Lionel Messi Argentina terma jamoasida antirekord qayd etdi

Lionel Messi Argentina terma jamoasida antirekord qayd etdi

Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi Amerika Kubogining guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunlab, pley-offga yo‘l oldi.

3-turdan o‘rin olgan Peruga qarshi bahsda Argentina 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Lionel Messi jarohati sababli maydonga tushirilmadi. Leo Kanada va Chiliga qarshi o‘yinlarda esa 90 daqiqadan harakat qilgan.

Messi guruh bosqichidagi uchala o‘yinda ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ya olmadi. Shu tariqa futbolchi JCH—2010 dan buyon katta turnirlarning guruh bosqichini golsiz o‘tkazdi. Leo so‘nggi JARda o‘tgan mundialning guruh bosqichida gol ura olmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi Argentina bilan birgalikda 2021 yilda Amerika Kubogida, 2022 yilda Jahon Chempionatida g‘alaba qozongan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!