Politico: Tramp Putin bilan kelishish uchun NATOning sharq tomon kengayishidan voz kechishi mumkin

Politico: Tramp Putin bilan kelishish uchun NATOning sharq tomon kengayishidan voz kechishi mumkin

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp yana Oq uy rahbari etib saylangan taqdirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kelishish maqsadida Shimoliy Atlantika alyansining sharq tomon kengayishidan voz kechishi mumkin.

Bu haqda Politico nashri ikki nafar milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlarga asoslanib yozmoqda.

Nashrga ko‘ra, Tramp Putinga NATOning sharq tomon kengaytirmaslik — alyansga Gurjiston va Ukrainani qabul qilmaslik to‘g‘risidagi kelishuv taklif etmoqchi. Shuningdek, tomonlar Ukrainaning okkupasiya qilingan qismlaridan qanchasini Rossiya ixtiyorida qoldirish to‘g‘risida ham muzokaralar olib borishadi.

Trampning yana bir g‘oyasi NATOning ikki darajali tizimi bilan bog‘liq, deyishmoqda Politico manbalari. Unga ko‘ra, mudofaa uchun xarajatlarim YAIMining 2 foiziga yetmaydigan alyans a’zolari «Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan taqdim etiladigan himoya va xavfsizlik kafolatlaridan foydalana olishmaydi».

Shunday qilib, bunday davlatlarga alyans shartnomasining 5-moddasi joriy etilmaydi, ya’ni ularga tashqaridan hujum bo‘lsa blok bo‘yicha ittifoqchilar ularga yordam ko‘rsatish uchun shoshilishmaydi. Boz ustiga, Tramp komandasi a’zolari mazkur modda juda turlanuvchan ekan va har qanday a’zoga o‘z harbiylarini safarbar qilish majburiyatini talab qilmasligiga urg‘u berishmoqda.

Sobiq prezidentning komandasidagi ikki yuqori martabali mulozimga ko‘ra, u ikkinchi muddatga saylansa AQSh Germaniya, Angliya va Turkiyadagi aviasiyasi va harbiy bazalarini, shuningdek, o‘zining harbiy dengiz kuchlarini qo‘llashda davom etadi va Yevropa uzra «yadroviy soyabon»ni saqlab qoladi. Bir vaqtning o‘zida piyoda qo‘shinlar, zirhli texnikalar, logistika va artilleriyalar Yevropa davlatlarining mas’uliyati ostiga tushadi va Vashingtonning havfsizlik sohasidagi rolini qisqartiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!