Fransiya kompaniyasi Shohimardonda ommaviy turizm maskanini qurmoqchi

Fransiya kompaniyasi Shohimardonda ommaviy turizm maskanini qurmoqchi

Loyiha 10 tadan kabinaga ega ikkita arqon yo‘li, 1 ta qiya ko‘targich, 1 ta osma ko‘prik, Zipline, Alpine Coaster attraksionlari va boshqa ko‘plab qo‘shimcha turistik infratuzilma ob’ektlarini o‘z ichiga oladi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Fransiyaning Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi hududiy direktori Orxan Shirinni hamda kompaniyaning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.

Joriy yil 6 iyunda ushbu kompaniya vakillari bilan o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda viloyatimiz hududida arqon yo‘l va osma ko‘priklarni o‘z ichiga olgan ommaviy turizm maskani barpo etish loyihasi muhokama qilinib, ushbu loyihani Shohimardonda amalga oshirish bo‘yicha loyiha konsepsiyasi ishlab chiqishga kelishib olingandi.

Uchrashuvda Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi vakili Orxan Shirin viloyat hokimiga o‘zlari tomonidan Shohimardonda olib borilgan o‘rganishlar natijasida ishlab chiqilgan hududni turistik rivojlantirish konsepsiyasini taqdim etdi.

Loyiha 10 tadan kabinaga ega ikkita arqon yo‘li, 1 ta qiya ko‘targich, 1 ta osma ko‘prik, Zipline, Alpine Coaster attraksionlari va boshqa ko‘plab qo‘shimcha turistik infratuzilma ob’ektlarini o‘z ichiga oladi. Tabiat bilan uyg‘unlik bosh g‘oya bo‘lgan loyihada oilaviy turizm imkoniyatlarini taqdim etishga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Loyihani moliyalashtirish masalasida imtiyozli kredit mablag‘larini jalb etish bo‘yicha Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) hamda Yevropa banklari bilan muzokaralarni birgalikda olib borishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!