Kopa Amerika. Braziliya Kolumbiyani yuta olmadi

Kopa Amerika. Braziliya Kolumbiyani yuta olmadi

Amerika kubogi-2024 "D" guruhi 3-turidan o‘rin olgan Braziliya va Kolumbiya uchrashuvi yakuniga etdi. O‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Braziliya terma jamoasi hujumchi Rafinyaning jarima zarbasi evaziga hisobni ochdi. O‘yinning 45+2-daqiqasida Kolumbiya terma jamoasi javob to‘pini kiritdi. Buni Daniel Munyos amalga oshirdi.

Kolumbiya terma jamoasi yetti ochko jamg‘arib, "D" guruhida birinchi, Braziliya besh ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga yo‘l olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!