Qashqadaryoda iyul oyi uchun pensiya to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi

Qashqadaryoda iyul oyi uchun pensiya to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2024 yilning iyul oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 356 ming 947 nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan 445 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar tijorat banklariga o‘tkazib berildi.

Aytish kerakki, pensiyalarni bank kartalari orqali oluvchi fuqarolarning bank kartalariga jami 328,7 mlrd so‘m mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlanmoqda

Pensiya pullarini naqd pulda oluvchilarga grafik asosida tarqatish uchun tijorat bankiga 116,3 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirib berildi

Bugungi kunda viloyatda pensiya to‘lovlarining 74 foizi bank kartalari orqali, 26 foizi esa naqd shaklda amalga oshirilmoqda

Eslatib o‘tamiz, belgilangan tartibga ko‘ra tulovlarni bank kartasi orqali oluvchilarga pensiya miqdorining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha pul mablag‘i to‘lab beriladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!