Matematika bo‘yicha terma jamoamiz 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Matematika bo‘yicha terma jamoamiz 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyda xalqaro yig‘inda ishtirok etayotgan Matematika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi intellektual oromgoh qatnashchilari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada 1 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilning 15 iyun – 3 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a’zolari va trenerlar “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro tayyorgarlik ikkinchi marta Xitoy tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida o‘tkaziladigan 65-Xalqaro matematika olimpiadasi oldidan o‘ziga xos sinov vazifasini bajarmoqda.

Mazkur loyiha nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir sanaladi.

Matematika bo‘yicha terma jamoamiz 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Uning natijalari quyidagicha:

Axtamov Ozodbek – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - kumush medal;

Boboqulov Asadbek – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik liseyi 1-bosqich o‘quvchisi - bronza medali;

G‘affarov Rasulbek – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - bronza medali;

Suyunova Madina – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi - bronza medali;

Zohidjonov Elbek – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - bronza medali;

Jaylovov To‘lqin – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi - bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Terma jamoamiz barcha a’zolarining medallarni qo‘lga kiritayotgani yaxshi an’anaga aylanmoqda. Yaqindagina Antalyada o‘tkazilgan O‘smirlar o‘rtasida Balkan matematika olimpiadasida ham 6 ishtirokchining barchasi medallarni (3 ta kumush, 3 ta bronza) qo‘lga kiritgan edi.

Terma jamoamiz a’zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada oltin medallarni kutib qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!