Argentina terma jamoasining Olimpiada o‘yinlari uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi. Messi tarkibdami?

Argentina terma jamoasining Olimpiada o‘yinlari uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi. Messi tarkibdami?

Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi matbuot xizmati Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari uchun jamoa qaydnomasini e’lon qildi.

Terma jamoa faxriylari Lionel Messi va Anxel Di Mariya turnirga boradigan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatiga kiritilmagan.

Darvozabonlar: Xeronimo Rulli («Ayaks»), Leandro Brey («Boka Xuniors»).

Himoyachilar: Bruno Amione («Santos Laguna»), Markos Di Sezare («Rasing»), Nikolas Otamendi («Benfika»), Gonsalo Luxan («San-Lorenso»), Xoakin Garsiya («Veles»), Xulio Soler («Lanus»).

Yarim himoyachilar: Santyago Ezze («Olimpiakos»), Kristian Medina («Boka Xuniors»), Esekyel Fernandes («Boka Xuniors»), Kevin Zenon («Boka Xuniors»), Klaudio Echeverri («River Pleyt»), Tyago Almada («Botafogo»).

Hujumchilar: Lusiano Gondu («Argentinos Xuniors»), Xulian Alvares («Manchester Siti»), Djuliano Simoene («Atletiko Madrid»), Lukas Beltran («Fiorentina»).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!