O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 5 oyda 8,8 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 5 oyda 8,8 mlrd dollarga yetdi

MDH mamlakatlari bilan savdo aylanmasida eng ko‘p ulushlar Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

“Iqtisodiy sharh” jurnali O‘zbekistonning 2024 yil yanvar-may oylarida MDH mamlakatlari bilan savdosi aylanmasini tahlil qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 4,9 foizga o‘sib, 8,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan: 3,1 mlrd dollari eksport, 5,7 mlrd dollari import. Ushbu davrda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 32,9 foizi MDH mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan savdo aylanmasida eng ko‘p ulush – 4 mlrd 782 mln dollari yoki 55 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu summaning 1 mlrd 354,3 mln dollar qismi eksport, 3 mlrd 427,7 mln dollar qismi import hisoblanadi.

Bu boradagi yuqori beshlikni 1 mlrd 581,6 mln dollar bilan Qozog‘iston, 455,5 mln dollar bilan Turkmaniston, 294,3 mln dollar bilan Qirg‘iziston hamda 265,2 mln dollar bilan Belorus davlati yakunlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!