Rossiyada so‘nggi 130 yil ichidagi harorat rekordlari yangilanmoqda

Rossiyada so‘nggi 130 yil ichidagi harorat rekordlari yangilanmoqda

Moskvaga kelgan jazirama 134 yil avvalgi rekordni yangiladi. Bu haqda rossiyalik meteorolog Yevgeniy Tishkoves o‘zining Telegram kanalida e’lon qilgan.

Sinoptikning ma’lumotlariga ko‘ra, 2 iyul kuni Rossiya poytaxtida antisiklonlik va quruq havo hukmron bo‘ldi va havo harorati +30...+33 darajaga ko‘trilgan.

«Yozning eng tik quyoshli kunlari uchun ham bu iqlim normasidan qariyb 10 daraja yuqori anomal jazirama hisobanadi», — degan mutaxassis.

Moskvada avvalgi ob-havo rekordi — +31,9 daraja 1890 yilda qayd etilgan ekan. «Ya’ni, 2 iyul kuni bunday issiq bo‘lmaganiga 134 yil bo‘libdi», — degan Tishkoves:

Meteorolog keyingi ikki kunda ham yangi harorat rekordlari qayd etilishini anons qildi: 3 iyul kuni +31…+33 (rekord +32,2 — 1917 yil), 4 iyulya +32…+34 (rekord +33,7 — 1938 yil.) daraja issiq kutilmoqda. Dam olish kunlariga borib Moskvada harorat tusha boshlaydi va yilning shu faslina xos ko‘rsatkichlarga qaytadi —+25…+28.

Moskvada anomal issiq harorat hukmron bo‘lishi haqida iyun oyi oxirlarida Rosgidrometsentr rahbari Roman Vilfand ham ogohlantirgan edi. Sinoptikning so‘zlariga ko‘ra, anomal jazirmaning hukmron bo‘lishichaga sabab — bulutlar hosil bo‘lishiga monelik qilgan yuqori bosim tojining joylashishi, shuningdek, Quyoshning faolligi bilan ham bog‘liq.

Harorat rekordi nafaqat Moskva shahrida, butun Rossiyada kuzatilmoqda. Tishkovesning ma’lumotlariga ko‘ra, 2 iyul kuni termometr ustunlari 20 dan ortiq hududlarda «butun meteotarixda kuzatilmagan» darajalargacha ko‘tarilgan. Ayrim hududlarda jazirama o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqargan. Masalan Saxa-Yoqutistonda yong‘in 750 ming gektar maydonni egallab olgan. Taqqoslash uchun: Moskva shahrining hududi 2012 yilda Moskva oblastidan qo‘shib olingan hududlab bilan hisoblanganda 256 ming gektarga teng. Tuvada 1 iyulda o‘rmon yong‘inlari maydoni 1800 gektargacha kengaygan. Har ikki hududda favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!