Kopa Amerika. Barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Kopa Amerika. Barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Amerika kubogi 1/4 finalining barcha juftliklari aniqlandi.

"A" guruhi g‘olibi Argentina "B" guruhining ikkinchi jamoasi Ekvador bilan o‘ynaydi.

"B" guruhi g‘olibi Venesuela "A" guruhining ikkinchi jamoasi Kanada bilan uchrashadi.

"D" guruhining ikkinchi jamoasi Braziliya terma jamoasi "C" guruhi g‘olibi Urugvayga qarshi bahs olib boradi.

"D" guruhi g‘olibi Kolumbiya terma jamoasi "C" guruhining ikkinchi jamoasi Panama bilan uchrashadi.

Yarim finalda Braziliya – Urugvay juftligi g‘olibi Kolumbiya yoki Panamaga, Argentina – Ekvador juftligi g‘olibi Venesuela yoki Kanadaga qarshi bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!