Kutilmagan holat: koronavirusdan tuzalgan 100 ga yaqin bemor yana virus yuqtirdi

Kutilmagan holat: koronavirusdan tuzalgan 100 ga yaqin bemor yana virus yuqtirdi

Janubiy Koreyada kutilmagan holat kuzatildi. Ya’ni koronavirusdan tuzalgan bemorlar yana koronavirusga chalingan. Bu holat jami 91 ta bemorda yuz bergan.

Shu bilan birga, bir qator shifokorlar, bu odamlar to‘liq davolanmagan deb taxmin qilishmoqda: koronavirus bir muncha vaqt "susaygan", shundan keyin u yana faollashgan. Ya’ni ularning fikricha, koronavirusdan to‘liq sog‘aygan bemorlar ushbu virusni qayta yuqtirmaydi.

Umuman olganda, mamlakatda 10,4 ming bemorga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan, 208 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!