Koronavirusni Eronga xitoyliklar olib kirganmi?

Koronavirusni Eronga xitoyliklar olib kirganmi?

Eronda muxoliflar epidemiya rasman e’lon qilinishidan bir oy oldin koronavirus paydo bo‘lganidan shubha qilishgan. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, koronavirus birinchi marta Xitoyning Erondagi elchixonasida paydo bo‘lishi mumkin. Gazeta ixtiyorida bo‘lgan favqulodda ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy elchixonasining uch xodimi 2020 yil 28 yanvarda COVID-19 belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ayni paytda Eron rasmiylari ushbu faktni rad etishmoqda. Ta’kidlanishicha, 19 fevral kuni Qom shahrida koronavirus infeksiyasining birinchi rasmiy holati haqida xabar berilgan.

Bundan tashqari, The Daily Mail Eronda COVID-19 tufayli yuz bergan haqiqiy o‘lim coniga to‘xtalgan. Eron milliy qarshilik kengashi (Fransiya va Albaniyada joylashgan siyosiy tashkilot) faollari koronavirus rasman e’lon qilingan 6727 kishining emas, aslida, 43000 dan ortiq odamning hayotiga nuqta qo‘ygan bo‘lishi mumkin deb hisoblashadi. Nashr, shuningdek, yaqinda internetda koronavirus qurbonlariga aloqador videolar paydo bo‘lganligini ham ko‘rsatmoqda. Videolavhalarda odamlar mamlakatning bir necha joyida ko‘chada va jamoat transportida qanday qilib qulab tushayotgani, ba’zilari esa bo‘g‘ilib ketayotgani ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!