Koronavirusga qarshi saqich yaratildi

Koronavirusga qarshi saqich yaratildi

Rezina saqich bilan sinov o‘tkazilganda og‘iz bo‘shlig‘ida Omikron va Delta shtammi viruslari miqdori 95 foizga kamaygani ma’lum bo‘ldi.

Britaniyalik olimlar rezina saqichning sinov variantini yaratdilar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, saqich koronavirus zarralari miqdorini, jumladan, og‘izdagi so‘lakda Omikron shtammini kamaytirar ekan, deb yozadi Reuters agentligi.

Olimlar Delta va Omikron shtammi virusini yuqtirgan bemor so‘lagidan foydalangan. Natijada viruslar faolligi saqich chaynagandan keyin 95 foizga kamaygan.

“Yaqinda boshlanishi kutilayotgan klinik sinov davrida koronavirus bilan kasallangan bemor shunday saqichdan to‘rt kun davomida kuniga to‘rttasini chaynaydi”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!