Koronavirus sabab Rossiyada qashshoqlar soni yanada ortishi taxmin qilindi

Koronavirus sabab Rossiyada qashshoqlar soni yanada ortishi taxmin qilindi

Rossiya Hisob palatasi raisi, sobiq Moliya vaziri Aleksey Kudrinning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi oqibatida qashshoq rossiyaliklar soni joriy yilda 1 millionga ortishi mumkin. Kudrin ushbu fikrni 28 noyabr kuni Umumrossiya fuqarolik forumida bildirdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”. 

Rasmiy statistikaga qaraganda, 2019 yil oxirida daromadi tirikchilik uchun eng kam miqdordan kam bo‘lgan rossiyaliklar soni 18,1 millionni tashkil etgan, bu esa aholining 12,3 foizi demakdir. Joriy yilda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan oqibatlar natijasida ularning soni yanada ortishi kutilmoqda. 

Shuningdek, Aleksey Kudrin 2020 yil oxirigacha iqtisodiy tushkunlik necha foizga yetishi mumkinligi haqida ham fikr bildirdi. “Rasmiy taxminlarda 3,9 foiz aytilyapti. Menimcha, 4 foizdan ko‘proq bo‘ladi, balki 4,5 foizdir”, – dedi u. 

Xalqaro valyuta jamg‘armasining taxminiga ko‘ra, joriy yilda Rossiya iqtisodiyotidagi qisqarish 4 foizga teng bo‘ladi. Jamg‘arma Rossiya hukumatiga iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishni maslahat bergan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!