Kopengagendagi savdo markazidagi otishmada uch kishi qurbon bo‘ldi

Kopengagendagi savdo markazidagi otishmada uch kishi qurbon bo‘ldi

Daniya poytaxtidagi savdo markazida sodir bo‘lgan otishma natijasida uch kishi halok bo‘ldi, yana uch kishining ahvoli og‘ir, deya xabar bermoqda Associated Press polisiyaga tayanib.

Kopengagen polisiyasi inspektori Soren Tomassenning aytishicha, uch kishi halok bo‘lgan.

Unga ko‘ra, otishma sodir etganlikda gumon qilingan 22 yoshli daniyalik hibsga olingan. Tomassenning qo‘shimcha qilishicha, polisiya hali ham tergovni davom ettirayotgan bo‘lsa-da, hujumga boshqa hech kimning aloqasi borligiga ishora yo‘q.

Avvalroq Daniya poytaxtidagi savdo markazidagi otishmada bir necha kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi .

Hodisa Kopengagenning chorak qismida, shahar markazi va xalqaro aeroport o‘rtasida sodir bo‘lgan, deya xabar beradi Yevropa OAV.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!