Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?

Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?

O‘zbekistonda ba’zi toifadagi shaxslarga avtomobil boshqaruvida xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.

Ular: 

avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;

homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yo‘lovchilar;

orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;

aholi punktlarida harakatlanishda — yo‘nalishli taksi haydovchilari, taksining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar;

aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!