«Ketinglar! Bizga AQSh qo‘shinlari kerak emas!»

«Ketinglar! Bizga AQSh qo‘shinlari kerak emas!»

Juma kuni Janubiy Koreyada talabalar namoyish uyushtirishdi. Ular mamlakatda AQSh qo‘shinlarining kirib kelishiga qarshi chiqishgan bo‘lib, AQSh elchisining Seuldagi uyiga bostirib kirmoqchi bo‘lishdi. Polisiya 19 talabani hibsga olgani xabar berilmoqda.

O‘zini ilg‘or universitet talabalari koalisiyasi, deb tanishtirgan guruh Facebook’dagi akkauntida voqeaga oid fotosuratlarni joylashtirdi. Unda bir necha guruh a’zolari elchi Garri Xarrisning uyi atrofidagi devorga narvonlar orqali chiqib ketayotgani aks etgan. Ular milisionerlar tomonidan hibsga olinishlaridan oldin: «Bizning ichki ishimizga aralashmanglar»,  deb baqirishdi,  so‘ngra «Ketinglar! Bizga AQSh qo‘shinlari kerak emas!» kabi shiorlar yangradi.

Bu AQSh elchisining turar joy binosiga 14 oy ichida noqonuniy bostirib kirilishining ikkinchi holati. «Biz elchining turar joy binosiga noqonuniy ravishda hujum qilinganidan jiddiy tashvishdamiz va Koreya hukumatini barcha diplomatik vakolatxonalar va turar-joylarni himoya qilishga chaqiramiz», dedi AQSh elchixonasi vakili Vilyam Kolman.

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi AQSh elchixonasi va elchining qarorgohi xavfsizligini kuchaytirilishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!