Kaspiy dengizi sathi 119 sm ko‘tarildi

Kaspiy dengizi sathi 119 sm ko‘tarildi

Joriy yilda Kaspiy dengizining shimoli-sharqiy qismida (Atirau viloyati) sathi 119 sm ko‘tarildi, deb xabar beradi Qozog‘iston Respublikasi Suv resurslari va irrigasiya vazirligi matbuot xizmati.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, aprel-may oylarida Yoyiq daryosi orqali suv oqimining ko‘pligi, shuningdek, Suv resurslari va irrigasiya vazirligi hamda mahalliy hokimlik hamkorligida qurilgan qo‘shimcha kanallarda samarali ta’sir etdi.

Eslatib o‘tamiz, suv toshqini paytida Yoyiq daryosi orqali Kaspiy dengiziga 7,4 milliard kub metrga yaqin suv yuborilgan. Atirau viloyatidagi “Qazsushar” filiali sel suvini dengizga oqizish uchun qo‘shimcha kanallardan foydalangan. O‘sha kanallar orqali Kaspiyga 350 million kub metr suv kelgan.

“Qazsushar” mutaxassislari tomonidan barcha kanallarda tozalash, mustahkamlash va boshqa ishlar amalga oshirildi. Masalan, “Sokolok” kanali bo‘ylab uzunligi 14,5 km bo‘lgan qo‘shimcha kanal qazilib, bu kanal orqali sel suvi Kaspiyga yuborilgan.

“Sel suvi nafaqat suv omborlariga to‘planib, balki 12,4 milliard kub metr suv havzalar, daryolar va tabiiy o‘tloqlarga yuborildi. Toshqin boshlanganidan beri Balqash ko‘liga 3,3 milliard kub metr suv yuborilgan. Bundan tashqari, Shimoliy Orolga suv yuborish ishlari davom etmoqda. Yil boshidan buyon dengizga 1 milliard 100 million kub metrdan ortiq suv oqizildi”, — dedi Suv resurslari va irrigasiya vaziri o‘rinbosari Nurlan Aldamjarov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!