Karantin: Ukraina Qrimga alohida murojaat bilan chiqdi

Karantin: Ukraina Qrimga alohida murojaat bilan chiqdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirus epidemiyasi munosabati bilan Qrim aholisiga murojaat qildi. Murojaat Prezident devonining feysbukdagi sahifasida e’lon qilindi.

Davlat rahbari Qrimda yashovchilarni gigiyena va dezinfeksiya qoidalariga rioya qilishga chorladi: "agar iloji bo‘lsa, uyda qoling va uzoqdan ishlang, sayohat qilish va gavjum joylarga borishdan saqlaning, kasallikning birinchi alomatlarida o‘zingizni o‘zingiz izolyasiya qiling va shifokor bilan maslahatlashing".

Prezident devoni, shuningdek, yarimorol aholisini koronavirus haqida o‘zining rasmiy veb-saytida, shuningdek, hukumat, Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi va Qrimdagi prezident devoni veb-saytlarida yangilangan ma’lumotlarni olishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!